Главная » 2020 » Ноябрь » 25 » Daniyalik ayol mushukni rasmga oldi hamda uning qulog‘ida Gitlerni ko‘rib qoldi
21:33

Daniyalik ayol mushukni rasmga oldi hamda uning qulog‘ida Gitlerni ko‘rib qoldi


Daniyada yashovchi Matilda Kantor suratga olgan mushuk qulog‘ida Adolf Gitlerning yuzini ko‘rish mumkinligini payqab qoldi. U Facebook sahifasida bo‘lishgan mushukning surati internet foydalanuvchilarini hayratda qoldirdi, deb yozadi Daily Mail.

Daniyalik ayolning so‘zlariga ko‘ra, u muntazam ravishda mushuk ko‘paytiradigan do‘stinikiga tashrif buyurganda ularni suratga olgan. U Killi laqabli mushukning suratlarini tomosha qila turib, uning qulog‘ida g‘alati narsani sezib qolgan. Uning fikriga ko‘ra, u Adolf Gitler portretiga o‘xshash. U yerda uning ko‘zi, burni va mo‘ylovlarini ham ko‘rish mumkin. 38 yashar Matilda keyinchalik suratlarni Facebook sahifasiga joylashtirgan, natijada munozaralar boshlangan.

Ba’zilar siluet haqiqatan ham Gitlerga o‘xshaydi, degan fikrga qo‘shilgan. Biroq boshqalar o‘z versiyalarini taklif qila boshlagan. Masalan, mushuk qulog‘ining ichki qismi yozuvchi Edgar Alan Poga ham o‘xshatilgan.

“Men ishonamanki, dunyoda osmon bilan yer o‘rtasida biz ko‘rishga odatlangandan ko‘ra ko‘proq narsa bor”, − deydi Matilda. Ayolning so‘zlariga ko‘ra, u rasmning bunday qizg‘in muhokamasini ko‘rganidan mamnun va bu borada tasvir o‘ziga xos mashhurlikka ega.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: mushukni, rasmga oldi, Daniyalik, Ayol, Gitlerni | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя