19:49 Buxoroda ayol o‘zini poyezd tagiga tashlab, joniga qasd qildi | |
Aniqlanishicha, bugun, 26 sentabr kuni soat 06:00 da “Xo‘jadavlat-Buxoro-1” yo‘nalishidagi poyezd 43-RZD va Murgak temir yo‘l bekatlari oralig‘ida harakatlanib kelayotgan vaqtda Kogon shahrida yashagan 38 yoshli ayol o‘z joniga qasd qilish maqsadida poyezd tagiga o‘zini tashlagan va olgan tan jarohatlari oqibatida voqea joyida vafot etgan. Hozirgi vaqtda yuqorida qayd qilingan holat yuzasidan Buxoro transport prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|