Главная » 2022 » Ноябрь » 1 » Qoʻqonda o‘zganing seyfidan tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlagan ayol qoʻlga olindi
10:43

Qoʻqonda o‘zganing seyfidan tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlagan ayol qoʻlga olindi


Qoʻqon shahar. M.M ismli ayol IIBga murojaat qilib, unda 2022-yilning 07-sentabr kunidan 23-oktabr kunigacha boʻlgan vaqt oraligʻida, noma’lum shaxs yashash xonadoniga gʻayriqonuniy ravishda kirib, xonadon yotoqxonasidagi temir seyfdan umumiy narxi 13.000.000 soʻmlik tilla-taqinchoqlarini yashirin ravishda oʻgʻirlab, hodisa joyidan yashiringanligini bildirgan.

Mazkur holat yuzasidan Qoʻqon shahar IIO FMB huzuridagi tergov boʻlimi tomonidan jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “g” bandi (oʻgʻirlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Olib borilgan tezkor-surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni I.O ismli ayol sodir etganligi aniqlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: qoʻlga, tilla, Qoʻqonda, taqinchoqlarni, olindi, Ayol, o‘zganing, seyfidan, oʻgʻirlagan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя