11:15 Braziliyada 300 nafar ko‘ngilli qirg‘oqqa chiqib qolgan 15 tonnalik kit bolasini dengizga qaytardi | |
Braziliyada dengiz qirg‘og‘ida, quyosh nurlari ostida 1 sutka qolib ketgan 15 tonnalik kit bolasi 300 nafar ko‘ngilli tomonidan suvga qaytarildi, deb xabar berdi Tvzvezda.ru nashri. 15 tonnalik kit bolasining hayotini saqlab qolish uchun 300 kishi kurashdi. Odamlar qo‘llarida belkurak va ekskavator yordamida kit bolasining dengiz tomonga suzishi uchun yo‘l ochishdi. Qutqaruv operatsiyasini yuzlab mahalliy aholi tomosha qildi. Bir necha soatlik og‘ir mehnatdan so‘ng kit bolasi suvga qaytdi. Olimlarning fikricha, kit bolasi Antarktikaga ko‘chgan kitlar to‘dasidan qolib ketgan.
Manba: "darakchi.uz"
| |
|