12:21 Joriy yilda 21 nafar chet ellik fuqaro dron olib kirgani uchun javobgarlikka tortildi | |
Joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni ta’minlash departamenti tomonidan O‘zbekiston hududiga uchuvchisiz uchish apparatlarini noqonuniy olib kirilgani uchun 22 kishi, jumladan, 21 nafar chet ellik shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi. IIV tomonidan ma’lum qilinishicha, aniqlangan holatlar yuzasidan jinoyatlarning sabablari va ularning sodir etilishiga imkon bergan shart-sharoitlar o‘rganilgan. Bunda boshqa omillar bilan bir qatorda, aksariyat hollarda mamlakatimizga kelayotgan chet el fuqarolari uchuvchisiz uchish apparatlarini olib kirish bo‘yicha o‘rnatilgan tartib-qoidalarni bilmasdan, bojxona chegarasi o‘tkazish punktlaridan “yashil” yo‘lak orqali o‘tib, bu kabi qurilmalarni to‘siqlarsiz O‘zbekiston hududiga olib kirgani ma’lum bo‘lgan.
Manba: "xabardor.uz"
| |
|