15:28 Bizning dori pandemiyani to‘xtatadi – Xitoy olimlari yangi dori ustida ishlamoqda | |
Xitoy laboratoriyasi olimlari antitanachalarga asoslangan yangi koronavirusga qarshi dorini ishlab chiqmoqdalar. Ularning fikriga ko‘ra, dori koronavirus infeksiyasining pandemiyasini to‘xtata oladi. Tadqiqotchilar, ishlab chiqilayotgan dori nafaqat tiklanish vaqtini qisqartirishi, balki qisqa muddatli immunitet bilan ta’minlashi mumkinligini taxmin qilishmoqda. Pekin universiteti Genomikaning ilg‘or innovatsiyalar markazi direktori Sanni Sening so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasi 60 nafar davolangan bemorlarning qonidan ajratilgan neytrallashtiruvchi antitanachalardan foydalanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, hozir ushbu preparat hayvonlarda sinovdan muvaffaqiyatli o‘tmoqda.
Olimning ta’kidlashicha, preparatning klinik sinovlari Avstraliya va boshqa mamlakatlarda o‘tkaziladi. U joriy yilda foydalanishga tayyor bo‘lishi mumkin.
Avvalroq, Kaliforniyada joylashgan “Sorrento Therapeutics“ kompaniyasi olimlari koronavirusni butunlay blokirovka qiladigan antitanachani kashf qilgani haqida xabar bergan edik.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|