Главная » 2022 » Июль » 11 » Xitoyning Uxanida vabo aniqlandi
21:07

Xitoyning Uxanida vabo aniqlandi


Xitoylik epidemiologlar Uxan universitetida bir odam vabo kasalligiga chalingani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi. Bu haqda bugun, 11 iyul kuni Uchan shahar tuman sog‘liqni saqlash qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hujjatda ta’kidlanishicha, serologik tahlil ushbu infeksiya bilan kasallanish holatini tasdiqlagan. Bemorning asosiy belgilari ich ketishi va isitma bo‘lib, ayni vaqtda u davolanmoqda.

Kasallikning manbai hali topilmagan. Markaz mutaxassislari tomonidan universitet binolari dezinfeksiya qilingan.

Uxanda vabo aniqlangani haqida dastlab kecha, 10 iyul kuni “Tyanmu sinven” axborot portali xabar tarqatgandi. Undagi ma’lumotlarga ko‘ra, bemor Uxan universitetining muhandislik fakulteti yotoqxonasida aniqlangan. Binoda yashagan barcha talabalar testdan o‘tkazish uchun yuborilgan.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Uxan, aniqlandi, Xitoy, vabo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя