Главная » 2023 » Январь » 4 » Serdar Berdimuhamedov Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyuradi
16:08

Serdar Berdimuhamedov Si Szinpinning taklifiga binoan Xitoyga tashrif buyuradi


Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Xitoy raisi Si Szinpin taklifiga binoan 5—6-yanvar kunlari Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda CGTN nashri xabar bermoqda.Serdar Berdimuhamedov va Si Szinpin oxirgi marta O‘zbekistonda 2021-yil sentabr oyida Shanxay hamkorlik tashkiloti (SHHT) sammiti doirasida uchrashgan edi. O‘shanda Xitoy rahbari “gaz sohasidagi hamkorlikning hajmi va ko‘lamini oshirishdan” manfaatdor ekanini bildirgan, shuningdek, qo‘shma logistika loyihalarini amalga oshirishni tezlashtirish zarurligini ta’kidlagan.

Noyabr oyida Turkmanistonga Xitoydan delegatsiya tashrif buyurgan. Muzokaralarning asosiy mavzusi Afg‘onistondagi vaziyat bo‘lgan.

Dekabr oyida Serdar Berdimuhamedovga “Turkmanistonning mohir diplomati” ko‘krak nishoni topshirilgandi. U “Turkmaniston mustaqilligi va betarafligini mustahkamlashga, tinchliksevar tashqi siyosatga, davlat manfaatlarini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun” mukofotlangan.

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tashrif, Si Szinpin, buyuradi, Xitoy, taklifiga, binoan, Serdar Berdimuhamedov | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя