Главная » 2017 » Январь » 4 » Banklar aholi bilan ishlashning yangi usuliga o‘tdi
17:57

Banklar aholi bilan ishlashning yangi usuliga o‘tdi


Mamlakatimiz tijorat banklari davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoev tomonidan ilgari surilgan vazifalarni bajarish hamda «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili»da fuqarolarning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishlariga keng imkoniyatlar yaratish maqsadida tadbirkorlarga moliyaviy ko‘mak va madad berishning yangi usullarini joriy etmoqdalar.

Banklar oddiy aholini tadbirkorlikka, ishbilarmonlikka o‘rgatish va shunga yetaklash maqsadida ularning bank xizmatlari va kredit mablag‘lariga bo‘lgan ehtiyojini o‘rganib chiqishga kirishdi.

Tijorat banklarining joylardagi filiallari mas’ul xodimlari aholi xonadonlariga tashrif buyurmoqda va ular bilan o‘tkazayotgan muloqotlarida tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishlari uchun ajratilayotgan kreditlar, ularning shartlari, kredit hujjatlari va garov ta’minoti to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib bormoqda.

O‘z navbatida, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish istagini bildirgan fuqarolarga namunaviy loyihalar taklif etilib, ularning kredit hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha tegishli maslahatlar berilmoqda va qisqa muddatlarda kredit mablag‘lari ajratish choralari ko‘rilmoqda.

Banklar tomonidan aholiga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha kredit ajratish taklif etilmoqda:
              - chorvachilikni tashkil etish;
              - parrandachilikni tashkil etish;
              - asalarichilikni tashkil qilish;
              - quyonchilikni tashkil qilish;
              - qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish, bog‘dorchilik va uzumchilikni tashkil etish;
              - issiqxonalar tashkil etish;
              - baliqchilikni tashkil etish;
              - kichik ishlab chiqarish sexlarini tashkil etish;
              - kasanachilikni rivojlantirish;
              - hunarmandchilikka;
              - sartaroshxona xizmatini tashkil etish;
              - tikuvchilik va chevarchilikni tashkil etish;
              - poyabzal tuzatish ustaxonasini tashkil etish;
              - umumiy ovqatlanish xizmatini tashkil etish;
              - maishiy texnikalarni tuzatish ustaxonasini tashkil etish;
              - go‘zallik salonlari tashkil qilish;
              - aholiga transport xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish;
              - avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shahobchasi tashkil qilish;
              - avtomobillarni yuvish shahobchasi tashkil qilish;
              - kompyuter xizmatlari ko‘rsatishni tashkil qilish;
              - savdo faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
              - hammomlar tashkil qilish;
              - novvoyxona tashkil qilish;
              - qandolat mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish;
              - boshqa faoliyatni amalga oshirish uchun.
Banklarning imtiyozli kreditlaridan foydalanib, o‘z biznesini tashkil etish fuqarolarning kuch va imkoniyati, qobiliyati va salohiyatini ro‘yobga chiqarishi uchun keng sharoit yaratadi.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: usul, Bank, ishlash, aholi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя