Главная » 2022 » Октябрь » 6 » Bankomat pullarini talon-taroj qilgan bank xodimlari qo‘lga olindi
17:35

Bankomat pullarini talon-taroj qilgan bank xodimlari qo‘lga olindi


Navoiy viloyatida bankomatdagi pullarni o‘zlashtirgan bank xodimlari aniqlandi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Navoiy viloyat boshqarmasi tomonidan ATB "Turonbank" Navoiy filialining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, bankning Navbahor bank xizmatlari ofisi mas’ul xodimlari bankomatga kirim qilish uchun ajratilgan 336 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari, shuningdek ushbu bankomat kassetasidan 98,8 mln so‘mni yechib olishib, o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: bankomat, pullarini, olindi, xodimlari, taroj, qo‘lga, Bank, Talon, qilgan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя