Главная » 2016 » Декабрь » 17 » 12 yoshli bola bozorni portlatmoqchi bo‘ldi
18:25

12 yoshli bola bozorni portlatmoqchi bo‘ldi


Germaniyaning Lyudvigsxafen shahridagi rojdestvo bayrami tufayli tashkil etilgan bozorlardan birida 12 yoshli bola qo‘laki bombani portlatmoqchi bo‘lganda qo‘lga olindi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Nashrning ma’lum qilishicha, bola GFR fuqarosi bo‘lib, asli iroqlik ekanligi aniqlangan. U “Islom davlati” terrorchilari tomonidan yollanganlikda taxmin qilinmoqda.
 
Detonator ishlamay qolgani tufayli bomba portlamay qolgan. Bola bombani ryukzakda olib kelgan, portlamay qolgandan keyin uni yana ryukzakka solib, shahar boshqarmasi binosiga yaqin joyga yashirayotganda yo‘lovchilar ko‘rib qolib, polisiya chaqirgan.
 
Ayni paytda bola mehribonlik uyida saqlanib, unga nisbatan tergov ishlari olib borilmoqda.  U yozda Suriyaga terrorchilar yoniga qochib ketmoqchi bo‘lgan.


Manba: "darakchi.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Bola, portlatmoqchi bo‘ldi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя