16:07 Toshkent viloyatida 14 yashar bola tog‘asining o‘g‘lini otib qo‘ydi | |
Qayd etilishicha, joriy yilning 2 avgust kuni 2008 yilda tug‘ilgan fuqaro E.E. Parkent tumani “Yoshlik” mahallasida yashovchi tog‘asining uyiga mehmonga kelgan. U yerda E.E. 2007 yilda tug‘ilgan (tog‘asining o‘g‘li) M.T. bilan qushlarni ovlash maqsadida tog‘asiga tegishli bo‘lgan 4,5 kalibrli pnevmatik qurolni uydan olib chiqqan. Shundan so‘ng, 14 yashar E.E. ehtiyotsizligi oqibatida pnevmatik quroldan o‘q otib, 15 yoshli M.T.ni chap ko‘krak sohasiga tan jarohati yetkazgan. Oqibatda fuqaro M.T. olgan tan jarohati bilan hodisa joyida vafot etgan.
Manba: "qalampir.uz"
| |
|