Главная » 2017 » Январь » 30 » WhatsApp’ning yangi funksiyalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi
11:40

WhatsApp’ning yangi funksiyalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi


WABetaInfo’ning Twitter’ida WhatsApp’ning yangi funksiyalari haqida ma’lumot paydo bo‘ldi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Endi guruhli chat ishtirokchilarining joylashgan o‘rnini aniqlash mumkin bo‘ladi.

“Joylashgan o‘rnini jonli tarzda aniqlash” (Live Location Tracker) funksiyasi messenjerning Android va iOS (tegishli ravishda 2.16.399 va 2.17.3.28) versiyalariga qo‘shiladi. Uni sozlamalarga kirib yoqish mumkin bo‘ladi. Bu foydalanuvchiga guruh ishtirokchilari uchrashishga kelishgan joydan qanchalik uzoqda ekanligini aniqlash imkonini beradi. Guruh ishtirokchilaridan har qaysi biri boshqalariga uning joylashgan o‘rnini aniqlashini taqiqlab qo‘yishi ham mumkin.

Shuningdek, WhatsApp’da xabarlarni qaytarib olish va tahrirlash funksiyasi paydo bo‘ladi. Ushbu funksiyalar qabul qilib oluvchi hali o‘qimagan xabarlarga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Xabar matni o‘zgartirilgach, qabul qilib oluvchi yangilangan variantni ko‘radi.


Manba: "daryo.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: yangi funksiya, WhatsApp | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя