Главная » 2022 » Октябрь » 17 » WhatsApp “olamshumul” yangilik qildi
16:19

WhatsApp “olamshumul” yangilik qildi


Endi WhatsApp messenjerida ham xabarlarni tahrirlash imkoniyati paydo bo‘ladi. Ammo hozircha faqatgina 15 daqiqa ichida matnlarni o‘zgartirish mumkin. Bu haqda “Wabetainfo” xabar berdi. 

Dasturning beta-versiyasi, yaʼni 2.22.22.14. Android OS'da ishlovchi qurilmalarda mavjud.

Xabarni tahrirlash uchun foydalanuvchilarga xabar yuborilganidan keyin 15 daqiqa vaqt beriladi. Tahrirlangan xabarlar “tahrirlangan” deb belgilanadi.

Qayd etish kerakki, 7 oktabr kuni WhatsApp'da yangi funksiya paydo bo‘lgandi. Endi foydalanuvchilar guruh suhbatlarini xohlagan vaqtda va ogohlantirishsiz tark etishlari mumkin va bu haqda faqat administratorlar biladi.

Shuningdek, 9 oktabr kuni WhatsApp eksklyuziv funksiyalarga ega Premium obunasini ishga tushirdi. Pullik obuna messenjerning oddiy versiyasidan ikkita eksklyuziv funksiya bilan farq qiladi.

Taʼkidlash joizki, O‘zbekistonda anchagina ommalashgan Telegram messenjerida bu funksiya ancha vaqtdan beri mavjud.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: qildi, yangilik, WhatsApp, olamshumul | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя