Главная » 2020 » Июль » 3 » Toshkentda koronavirusga chalingan erkak shifoxonaga tushgan kuniyoq vafot etdi
18:02

Toshkentda koronavirusga chalingan erkak shifoxonaga tushgan kuniyoq vafot etdi


O‘zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Jami vafot etganlar 28 nafarga yetdi. 

Toshkent shahrida yashovchi 59 yoshli G‘.B. joriy yil 2 iyul kuni o‘ta og‘ir holatda poytaxt Toshkentdagi I.Irgashev nomli 4-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilgan va sun’iy nafas berish apparatiga ulangan. Unga “Yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak  yetishmovchiligi, infarktdan keyingi kardioskleroz, ikki tomonlama pnevmoniya” tashxisi qo‘yilgan.

Shuningdek, bemorda shu kuni koronavirus infeksiyasi ham aniqlangan.

Bemor (erkak kishi) oxirgi 7 yil davomida yurak ishemik kasalligi, qandli diabet, surunkali buyrak yetishmovchiligi  tashxisi bilan davolanib yurgan. Doimiy gemodializ muolajasini olib turgan. 

Joriy yil 2 iyul kuni shifokorlar tomonidan standart asosida ko‘rsatilgan tezkor reanimatsion muolajalarga qaramasdan bemor o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot etdi, Erkak, Toshkentda, tushgan kuniyoq, shifoxonaga, koronavirusga chalingan | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя