Главная » 2022 » Июль » 26 » Toshkentda erkak xotini, farzandi, qaynonasi va qaynsinglisini pichoqladi
11:53

Toshkentda erkak xotini, farzandi, qaynonasi va qaynsinglisini pichoqladi


Toshkent shahri Chilonzor tumanida 4 nafar oila a’zosini pichoqlagan erkak ushlandi. Bu haqda “Uznews.uz” xabar berdi

Qayd etilishicha, 21-iyul kuni soat 21:10 atrofida fuqaro D.S. (1989-yilda tug‘ilgan) Chilonzor tumanida joylashgan xonadonda yashab kelayotgan turmush o‘rtog‘i D.S. (1994-yilda tug‘ilgan) bilan oilaviy nizo sababli o‘zaro janjallashgan. U oshxona pichog‘i bilan xotini va farzandi M.A (2005-yilda tug‘ilgan), ushbu xonadonda yashab kelayotgan D.S.ning onasi L.A. hamda singlisi N.A.ning turli sohalariga bir necha marotaba urib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.

Tuman prokuraturasi tomonidan D.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25 (Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyat sodir etishga suiqasd qilish) va 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Mavzuga doir:

 

 


Manba: "daryo.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Toshkentda, qaynonasi va qaynsinglisini, farzandi, Erkak, xotini, pichoqladi. | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя