Главная » 2020 » Июль » 16 » 74-o‘lim. Gulistonlik erkak Toshkentda vafot etdi
23:38

74-o‘lim. Gulistonlik erkak Toshkentda vafot etdi


Bugun, 16 iyul kuni O‘zbekistonda koronavirusdan navbatdagi o‘lim qayd etildi. Bu mamlakatda COVID-19 infeksiyasidan vafot etgan 74-bemor bo‘ldi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Guliston shahrida yashovchi 67 yoshli fuqaro A.A. (erkak) tana haroratining ko‘tarilishi, yo‘tal, umumiy holsizlik sababli COVID-19 infeksiyasiga namuna topshirgan. 5 iyul kuni unda COVID-19 tasdiqlangan va shu kuni Toshkent shahridagi Ibn Sino nomli 1-sonli shahar klinik shifoxonasiga yotqizilgan.

12 iyul kuni o‘tkir nafas yetishmovchiligi hisobiga reanimatsiya bo‘limiga o‘tkazilgan. Bemorga mutaxassislar tomonidan onlayn konsultatsiya va konsiliumlar o‘tkazilgan, davolash jarayoni mutaxassislar tavsiyasi asosida olib borilgan. 

Asosiy kasallik asoratlari hisobiga ahvoli keskin og‘irlashib, mutaxassislar tomonidan to‘liq hajmda, standart asosida o‘tkazilgan reanimatsion choralarlarga qaramay, bemor ikki tomonlama pnevmoniya og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘tkir yurak qon-tomir yetishmovchiligi sababli vafot etdi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: vafot etdi, 74-o‘lim, Toshkentda, Erkak, Gulistonlik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя