Tezkor: 1 iyuldan O‘zbekistonda karantin kuchaytiriladi

Epidemiologik vaziyat yomonlashganini inobatga olib, O‘zbekistonga Koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tegishli qarorni qabul qildi.

Unga ko‘ra, joriy yil 1 iyul sanasidan boshlab:

•  respublikaning barcha hududlarida yirik buyum bozorlari hamda buyum savdosi bilan shug‘ullanadigan yirik savdo majmualari haftaning shanba va yakshanba kunlari sanitariya-dezinfeksiya ishlarini amalga oshirish uchun yopiladi;

•  “qizil” va “sariq” hududlarda soat 07.00 dan 23.00 ga qadar jamoat joylarida uch kishidan ortiq to‘planish hamda 23.00 dan 07.00 ga qadar ko‘chalarda, ko‘p qavatli uylar va hovlilar oldida bo‘lish taqiqlanadi;

Bunda:

•  faqatgina fuqarolarning salomatligi yomonlashganligi, homiladorligi munosabati bilan shifokor ko‘rigidan o‘tish uchun davolash muassasasiga yoxud zarur dori-darmon xarid qilish maqsadida dorixonaga borib-kelishiga ruxsat beriladi.

•  “qizil” va “sariq” hududlarda haftaning shanba va yakshanba kunlarida jamoat transporti harakati kamaytiriladi.


Manba: "qalampir.uz"

Qo'shildi: 30.06.2020

Новые загрузки
 Yengilmas sarkardalar 2006 Uzbekcha Tarjima
 Uchlik 2016 Hind kino Uzbekcha Tarjima
 Tomosha 2015 Hind kino Uzbekcha Tarjima
Реклама
Похожие материалы
Коментарии
Новые музыки
Навигация
 Главная
 Обратная связь
 Полная версия сайта
Tarona.Tv © 2016-2024 |