Главная » 2018 » Август » 29 » Telegram oxir-oqibat rozi bo‘ldi
09:04

Telegram oxir-oqibat rozi bo‘ldi


Telegram messenjeri ma’muriyati huquqni himoya qiluvchi organlarga foydalanuvchilarining telefon raqami va IP-adresini berishga rozi bo‘ldi.

Xizmatning yangilangan maxfiylik siyosati matnida yozilishicha, ma’lumotlar sud qarori asosida beriladi. Qaror foydalanuvchining terrorchilik faoliyatida gumon qilinayotganini tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Yozishmalarga kirish imkonini beruvchi kodlar masalasida o‘zgarishlar bo‘lmagan. Negaki, Pavel Durov doim foydalanuvchilarning yozishmalari hech bir davlat hukumatiga berilmasligini aytib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Rossiyaning Tagansk sudi Aloqa nazorati bo‘yicha Rossiya federal xizmati talabiga ko‘ra, Telegram messenjerini bloklash haqida qaror qabul qilgan edi.

Sunnatilla Abdullaev


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: rozi bo‘ldi, oxir-oqibat, Telegram | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя