16:22 «Tashkent city»da katta yong‘in sodir bo‘ldi. FVV yong‘in yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi | |
Bugun, 12 dekabr kuni soat 14:53 da "Tashkent City" da qurilayotgan uylardan birining yerto‘lasida yong‘in sodir bo‘ldi. Ma’lum qilinishicha, yerto‘lada saqlangan qurilish materiallari yonib ketgan. "2 daqiqadan so‘ng yong‘in sodir bo‘lgan joyga Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining yong‘inga qarshi va qutqaruv guruhlari etib kelishdi. Yong‘inni qutqaruvchilar 15 daqiqada o‘chirishdi. Umumiy yonish maydoni taxminan 60 kvadrat metrni tashkil etdi. Qurbonlar va jarohat olganlar haqida hozircha ma’lumot mavjud emas, deyiladi FVV xabarida. Eslatib o‘tamiz, shu yilning 4 noyabr kuni ham «Tashkent City» hududida yong‘in bo‘lgandi.
Manba: "aniq.uz"
| |
|