Главная » 2022 » Ноябрь » 28 » Shanxaydagi norozilik namoyishlarini yoritgan BBC muxbiri politsiya idorasida kaltaklandi
10:47

Shanxaydagi norozilik namoyishlarini yoritgan BBC muxbiri politsiya idorasida kaltaklandi


BBC News muxbiri Ed Lourens namoyishlarni yoritayotgan paytda Shanxay politsiyasi tomonidan hibsga olindi va jismoniy tajovuzga uchradi.

Keltirilishicha, Lourens qo‘yib yuborilishidan bir necha soat oldin politsiya bo‘limida ushlab turilgan.

Hibsga olish vaqtida politsiya uni tepib kaltaklagan. Bu u akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalist bo‘lib ishlayotganida sodir bo‘lgan.

Xitoy rasmiylari hozircha voqea yuzasidan izoh bermagan.

26-noyabr kuni Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni markazidagi Urumchi shahridagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida o‘n kishi halok bo‘lgani sababli Xitoy rasmiylarining koronavirus siyosatiga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tdi.

Namoyishchilar Xitoyda blokirovkalarni to‘xtatishni talab qilmoqda. Shanxaydagi mitingda Xitoy rahbari Si Tszinpinning iste’fosi ham talab qilingan.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: namoyishlarini, idorasida, muxbiri, kaltaklandi, yoritgan, BBC, politsiya, norozilik, Shanxaydagi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя