Главная » 2022 » Ноябрь » 5 » Qashqadaryoda yana shifokor kaltaklandi
19:22

Qashqadaryoda yana shifokor kaltaklandi


Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasiga qarashli Uyshun oilaviy poliklinikasida xizmat vazifasini bajarib turgan 59 yoshli shifokor kaltaklandi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati Sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra poliklinikada 35 yildan buyon umumiy amaliyot shifokori (ayni paytda oilaviy shifokor) bo‘lib ishlab kelayotgan X.D. qabuliga 2022-yil 3-noyabrda kech soat 18:30 atrofida bir notanish erkak 2 nafar ayol bilan kelgan. Erkak shifokorga turmush o‘rtog‘ining betobligini aytib, uni tekshirib qo‘yishini so‘ragan. Shifokor unga bemorni tekshirguniga qadar oyoq kiyimidagi loyni tashqarida yuvib kelishini aytgan. Shundan so‘ng erkak shifokorni haqoratlab, bo‘ynidan bo‘g‘ib, ayovsiz mushtlab, tepkilab tashlagan.

Olgan jarohatlari natijasida shifokor hushini yo‘qotgan va Chiroqchi tumani tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam bo‘limiga “Peshona, ikkala yonoq, yuz, burun usti, bo‘yin sohasi yumshoq to‘qimalari lat yeyishi, ko‘kargan jarohatlari, tirnalmalar, bosh chayqalishiga gumon” tashxisi bilan yotqizilgan. Ayni paytda davo muolajalari davom ettirilmoqda.

Mazkur holat viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi nazoratiga olingan, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan o‘rganilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kaltaklandi, Qashqadaryoda, shifokor, yana | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя