Главная » 2022 » Октябрь » 13 » Qariyb 3,5 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan dorilar fosh etildi
11:35

Qariyb 3,5 mlrd so‘mlik muddati o‘tgan dorilar fosh etildi


DXX tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumanida istiqomat qiluvchi, 1976 yilda tug‘ilgan fuqaro o‘zining yashash xonadonida yashirin syex tashkil etib, xorijda ishlab chiqarilgan va yaroqlilik muddati o‘tgan dori vositalarini qayta qadoqlash orqali sotuvga chiqarish bilan shug‘ullanganib kelgani fosh etilgan.

Xususan, ushbu manzilda 34 turdagi 445 ming dona dori vositalari borligi aniqlandi. Ulardan 24 turdagi dori vositalari Fransiya, Germaniya, Belgiya, Vengriya, Turkiya, Rossiya, Hindiston, Ukraina davlatlarida ishlab chiqarilgan bo‘lib, yaroqlilik muddati 2007-2020 yillar oralig‘ida tugagan.

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalarining umumiy qiymati 3 mlrd. 185 mln. 250 ming so‘mni tashkil etadi.

Shuningdek, noqonuniy syexda qadoqlash va dori vositalarining muddatini o‘zgartirish uskunalari, qalbaki shtamp va muhrlar borligi ham ma’lum bo‘ldi.

Shuningdek, ushbu yo‘nalishda Toshkent shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib, Yashnobod tumanidagi avtoturargohlarning birida to‘xtagan “Isuzu” rusumli yuk mashinasi ko‘zdan kechirilganda, unda xorijda ishlab chiqarilgan, lekin, tegishli hujjatlari bo‘lmagan va sifati kafolatlanmagan 4 turdagi jami 72 425 dona, umumiy qiymati 231 mln. 760 ming so‘mlik tibbiyot buyumlari borligi aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shni davlat hududidan aylanma yo‘llar orqali mamlakatimizga olib kirilgan ushbu tibbiyot buyumlari Farg‘ona shahrida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan ayolga tegishli bo‘lgan.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: mlrd, dorilar, Muddati, qariyb, o‘tgan, so‘mlik, fosh, etildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя