O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 22 aprel kuni ikkinchi qizining to‘yi uchun elga osh tarqatgan edi.
Kecha, 23 aprelda Toshkentdagi “Osiyo Grand” restoranida san’atkorning ikkinchi qizi Layloning nikoh to‘yi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Sardor Rahimxon to‘ydan olingan surat bilan o‘rtoqlashdi va yoshlarga baxt tiladi. 19 yoshli kelin va san’atkorning oilaviy suratini esa poytaxtdagi to‘y liboslari saloni e’lon qildi.
Ma’lumot o‘rnida, Ozodbek Nazarbekov 1974 yilning 7 mayida Andijon viloyati, Shahrixon tumanida tug‘ilgan. San’atkor o‘z ijodiy faoliyatini 1994 yilda boshlagan. Farzandlari: Robiya, Laylo, Ja’far va Zinnura. Xonandaning nevarasi ham bor.