Главная » 2022 » Сентябрь » 12 » IIBB 142-maktabda o‘quvchilar tekshirilgani bo‘yicha izoh berdi
12:20

IIBB 142-maktabda o‘quvchilar tekshirilgani bo‘yicha izoh berdi


Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 142-sonli umumiy o‘rta taʼlim maktabida ichki ishlar organlari xodimlari, maktab maʼmuriyati hamda o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilayotgan profilaktik suhbat jarayoni aks etgan video va fotosurat tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Toshkent shahar IIBB maʼlum qilishicha, 10 sentabr kuni soat 08:30 larda maktab rahbariyati va voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor psixologlar ishtirokida o‘quvchilar o‘rtasida “Davomat” va “Tig‘” tadbirlari bo‘yicha profilaktik suhbat o‘tkazilgan. 

Profilaktik tadbir jarayonida 11-sinf o‘quvchisi B.M. yonida g‘ilofsiz holda kanselyariya qaychisini olib yurgani aniqlangan. Maktab o‘quvchilariga sovuq qurol, jumladan o‘tkir tig‘li buyumlarni olib yurish taqiqlangani, kanselyariya qaychisini darsda foydalanish uchun g‘ilofda sumkada olib yurish mumkinligi tushuntirilgani aks etgan foto ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan. 

Shuningdek, profilaktik suhbat jarayonida maktab direktori tomonidan o‘quvchilarga maktabda kiyim kiyish qoidalari, tashqi ko‘rinishga ahamiyat berish kerakligi tushuntirilgan.

 

Manba: "kun.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: berdi, tekshirilgani, izoh, bo‘yicha, o‘quvchilar, 142, IIBB, Maktabda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя