Главная » 2017 » Май » 3 » Hindistonda ikki boshli chaqaloq tug‘ildi
15:44

Hindistonda ikki boshli chaqaloq tug‘ildi


Hindistonda qorin sohasida ikkinchi boshi joylashgan chaqaloq qiz dunyoga keldi. Aslida bu parazit egizak bo‘lib, uning bir qo‘li ham bor edi.

Jaypur shahridagi JK kasalxonasida hind shifokorlari to‘rt soatlik jarrohlik operatsiyasini o‘tkazib, o‘simtani muvaffaqfiyatli olib tashladilar. Ayni damda go‘dak o‘zini yaxshi his qilmoqda.

“Ikkinchi bosh” yaxshi rivojlanmagan bo‘lib, uning ko‘z va quloqlari ham bo‘lmagan. Jarrohlarning aytishicha, bu “bosh” qizaloqni kerakli ozuqa moddalaridan mahrum qilib turgan.

OAV qayd etishicha, chaqaloqlarning parazit egizak bilan tug‘ilishi kamdan-kam uchraydi – million chaqaloqdan bittasi shunday tug‘ilishi mumkin. Ushbu jarrohlik operatsiyasi 26 aprelda o‘tkazilgan bo‘lsa-da, OAV bu haqda endi xabar berdi.

Akmal Eshonxonov


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tug‘ildi, Hindiston, ikki boshli chaqaloq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя