Главная » 2022 » Август » 27 » Global oziq-ovqat inqiroziga sabab: Hindiston guruch eksportini cheklamoqchi
15:35

Global oziq-ovqat inqiroziga sabab: Hindiston guruch eksportini cheklamoqchi


Hindiston hukumati guruch eksportini cheklamoqchi, chunki mamlakatda ichki tanqislik yuzaga kelmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat rasmiylari maydalangan guruch eksportini cheklash imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu Hindiston eksportining qariyb 20 foizini tashkil qiladi.

Agentlikka ko‘ra, Hindiston eksporti dunyo guruch savdosining 40 foizini tashkil qiladi.

Cheklovlarga mamlakatning ayrim hududlarida yomg‘ir yog‘masligi sababli hosilning 8 foizga qisqarishi sabab bo‘lgan.

Mavzuga doir: Global ta’minotga bosim: Hindistonda guruch hosili xavf ostida

Mamlakat allaqachon bug‘doy va guruch eksportini cheklab, global bozorlardagi oziq-ovqat narxlariga salbiy ta’sir ko'rsatgan edi.

Shu bilan birga, Hindistonning ushbu potensial qarori jahon bozorlariga oziq-ovqat va o‘g‘it yetkazib berish bilan bog‘liq muammolar tufayli yuzaga kelgan oziq-ovqat inqirozini yanada kuchaytirishi mumkin.

Ukrainadagi vaziyat hamda AQSH va YI tomonidan Rossiyaga nisbatan joriy qilingan keng ko‘lamli sanksiyalar don yetkazib berishda uzilishlarga olib keldi, bu esa bir qator mamlakatlarda oziq-ovqat inqirozi xavfini oshirmoqda.

Yil boshidan buyon bug‘doy va makkajo‘xorining jahon narxlari sezilarli darajada oshdi.

Avvalroq o‘g‘it narxlarining balandligi sabab Osiyoda guruch hosili xavf ostidaligi haqida xabar berilgandi.


 

Manba: "daryo.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: cheklamoqchi, Sabab, Hindiston, guruch, oziq, global, eksportini, inqiroziga, ovqat | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя