Главная » 2023 » Апрель » 11 » “Ashraf G‘anining xotini” Hindistonda 71 yoshli erkakni 6,1 mln dollarga chuv tushirdi
13:39

“Ashraf G‘anining xotini” Hindistonda 71 yoshli erkakni 6,1 mln dollarga chuv tushirdi


Hindistonda o‘zini Afg‘onistonning sobiq birinchi xonimi, sobiq prezident Ashraf G‘anining xotini deb tanishtirgan ayol 71 yoshli erkakni 6,1 million dollarga chuv tushirdi. Bu haqda "Hindustan Times" xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Mumbay shahri politsiyasiga Rameshbabu Shoh ismli erkakdan ariza kelib tushgan. Arizada aytilishicha, bir necha firmalarda hisobchi bo‘lib ishlaydigan Rameshbabuga joriy yilning 18 fevral kuni elektron pochta xabari kelgan. Unda xabar yuboruvchisi o‘zini Afg‘onistonning sobiq prezidenti Ashraf G‘anining xotini Rula G‘ani deb tanishtirgan. 

Erkak bir necha kundan so‘ng unga javob yozib, nima yordam kerakligini so‘raganida, ayol Hindistonga 22 million dollar sarmoya kiritmoqchi ekanini aytib, Rameshbabudan bu yerdagi ishlarini boshqarib turishini so‘ragan. 

“U shuningdek, barcha investitsiya summasi mening hisobimga yuborilishini va men uning 25 foizini komissiya sifatida saqlashim mumkinligini aytdi. Pochtaga uning pasporti nusxasi, sarmoya kiritmoqchi bo‘lgan puli borligini ko‘rsatadigan bank hujjatlari hamda surati ilova qilingan. Shuningdek, u Indoneziyadagi vakili tez orada men bilan bog‘lanishini aytdi", deydi erkak. 

Bir necha kundan so‘ng unga WhatsApp orqali +62 kodli (Indoneziya) raqamdan qo‘ng‘iroq bo‘lgan. 

“Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs o‘zini Rulaning vakili deb tanishtirdi. U butun jarayonni boshlash uchun Indoneziya bankida hisob ochishim kerakligini aytdi. U mendan PAN kartam, pasportim va ish haqi hisobimdagi ba’zi ma’lumotlar kabi hujjatlarni yuborishimni so‘radi", deyiladi shikoyatda. 

Qo‘ng‘iroq qilgan shaxs Rameshbabu Shohdan bankda hisob ochish uchun 360 dollar jo‘natishini ham buyurgan. 

Rameshbabu kerakli hujjatlarni jo‘natgach, u bilan bog‘langan kishi unga aytilgan summani Hindistondagi hisobiga o‘tkazishi mumkinligini aytgan. Biroq u shunday qilmoqchi bo‘lganida bitim amalga oshmagan. 

“Men qo‘ng‘iroq qiluvchi bilan yana bog‘landim, u menga pul o‘tkazishga xalaqit berayotgan texnik xatolik borligini aytdi. Shuningdek, u pul o‘tkazmalarini amalga oshirish uchun yana bir qancha jarayonlar kerakligini aytdi", deydi shikoyatchi Rameshbabu Shoh. 

Bir hafta yoki undan ko‘proq vaqt kutgandan so‘ng, Rameshbabu yana Hindistondagi hisob raqamiga pul o‘tkazmoqchi bo‘ladi, biroq bu safar ham bu amalga oshmaydi. Ayni paytda Rula G‘anining vakili ekani aytilayotgan kishi mablag‘ni Rameshbabuning manziliga jo‘natishini aytadi. 4 aprel kuni qora tanli erkak uning uyiga kelib, unga bir sumka tashlab ketadi va pullar shu sumka ichida ekanini aytadi. Rameshbabu ertasi kuni sumkani ochganida uning ichida pul emas, qog‘oz borligini ko‘radi. 

Rameshbabu Shoh taxminan 6,1 million dollarga chuv tushganligi aytilmoqda. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari o‘tkazilayotgani xabar qilingan. 

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilda ikki erkak 74 yoshli ayolni 50 ming dollarga "uxlatib" ketgandi.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Hindiston, 1 mln, tushirdi, Ashraf G‘ani, dollarga, chuv, xotini, erkakni, 71 yoshli | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя

Создать бесплатный сайт с uCoz