Главная » 2022 » Июль » 26 » Аfgʼoniston hududi bundan buyon Oʼzbekiston uchun xavf tugʼdirmaydi – Аmirxon Muttaqi
11:33

Аfgʼoniston hududi bundan buyon Oʼzbekiston uchun xavf tugʼdirmaydi – Аmirxon Muttaqi


  Аfgʼoniston hududi bundan buyon Oʼzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tugʼdirmaydi. Аfgʼoniston tashqi ishlar vaziri v.b. Аmirxon Muttaqi Oʼzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov bilan uchrashuvda bunga kafolat berdi.
  
  Uchrashuvda Аfgʼoniston delegatsiyasi Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Аfgʼoniston boʼyicha Xalqaro konferentsiya oʼtkazish tashabbusi oʼz vaqtida va zarur ekanligi, boʼlajak tadbir jahon hamjamiyatiga Аfgʼonistondagi vaziyat boʼyicha batafsil maʼlumot olish imkonini berishini taʼkidladi.

  Shuningdek, Аfgʼoniston mamlakatning eng yaqin, ishonchli sherigi ekani va shunday boʼlib qolishi alohida taʼkidlandi.

  Oʼz navbatida Аmirxon Muttaqi Аfgʼoniston hududi bundan buyon Oʼzbekiston va mintaqaning boshqa davlatlari uchun xavf tugʼdirmasligini bildirdi.

  Аfgʼoniston delegatsiyasi rahbari Oʼzbekiston tomoniga Аfgʼonistonga Termiz shahridagi koʼp funktsiyali transport-logistika xabi, shuningdek, energetika va infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali koʼrsatilayotgan insonparvarlik yordami uchun samimiy minnatdorlik bildirgan.

  Vladimir Norov afgʼon tomonini xalqaro hamjamiyatning asosiy talablarini tez fursatlarda bajarish, jumladan, keng vakillikka asoslangan hukumat tuzish, ayollar va milliy ozchiliklar huquqlariga rioya etish, qizlarning toʼlaqonli maktab taʼlimi bilan taʼminlash boʼyicha samarali choralar koʼrishga chaqirgan.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: tugʼdirmaydi, hududi, bundan, Аmirxon, Аfgʼoniston, xavf, Muttaqi, uchun, Oʼzbekiston, buyon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя