Главная » 2017 » Июль » 31 » 18 yoshli qiz 14 yoshli singlisini qanday o‘ldirganligini `Instagram` orqali namoyish etdi
10:03

18 yoshli qiz 14 yoshli singlisini qanday o‘ldirganligini `Instagram` orqali namoyish etdi


AQShda mudhish voqea yuz berdi. 18 yoshli qiz boshqargan avtomobil yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Eng achinarlisi, voqea oqibatida 14 yoshli qiz halok bo‘ldi. Uning o‘limiga o‘z opasi sababchi bo‘ldi.

Jaklin Sanchez avtomobil boshqarib kelayotganida, `Instagram` ijtimoiy tarmog‘i orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir xizmatidan foydalanayotgan edi. Jaklin bilan mashina ichida ikki qiz bo‘lgan.

18 yoshli Jaklin mast holatda bo‘lgan. Avtohalokatdan so‘ng, u singlisini o‘ldirib qo‘yganligini, lekin unga farqi yo‘q ekanligini aytib o‘tgan.

Yozib olingan videoda ko‘rinib turibdiki, qiz translyatsiya vaqtida avtomobilni boshqarib turib, gapirib turgan. Kutilmaganda mashina panjaraga urilib, maydonga qulagan va ag‘darilib ketgan. Avtomobil ichida bo‘lgan 2 nafar qizlar esa “uchib” ketishgan. Qizlardan biri, ya’ni Jaklinning singlisi voqea joyida halok bo‘lgan. Yana biri esa og‘ir tan jarohati olgan.

Jaklin Sanchez telefon kamerasi muhrlayotgan videoga qarab, “Men singlimni o‘ldirdim, lekin menga baribir. Men singlimni o‘ldirdim. Bilaman, qamoqxonaga tushaman, lekin menga farqi yo‘q”, degan.

(Eslatma: Videoyozuvni voyaga yetmaganlar ko‘rishi tavsiya etilmaydi!)

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Instagram, o‘ldirgan, singlisi, namoyish etdi, 18 yoshli qiz, qanday, orqali, 14 yosh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя