Главная » 2021 » Февраль » 17 » Yurtimizga yana sovuq ob-havo qaytishi kutilmoqda — «O‘zgidromet» axboroti
11:14

Yurtimizga yana sovuq ob-havo qaytishi kutilmoqda — «O‘zgidromet» axboroti


Respublika Gidrometeorologiya xizmati taqdim etgan axborot xabariga ko‘ra, 18-21-fevralda O‘zbekiston hududiga Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi.

18-19-fevralda respublikada shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.

19-fevralda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, shimolda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi.

20-21-fevralda respublikada yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.

20-21-fevralda havo harorati kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: Sovuq, O‘zgidromet, ob-havo | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя