Главная » 2020 » Май » 2 » Yaxshi yangilik. Oksford olimlari vaksinani iyun oyida tayyor bo‘lishini ma’lum qilishdi
10:55

Yaxshi yangilik. Oksford olimlari vaksinani iyun oyida tayyor bo‘lishini ma’lum qilishdi


Koronavirus epidemiyasiga qarshi vaksinalarni ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqotlar olib borgan Oksford universiteti yaxshi yangilik berdi. Professor Jon Bell 320 kishida sinovdan o‘tgan vaksinadan ijobiy natija olganliklarini e'lon qildi. Vaksina iyun o‘rtalarida chiqarilishi kutilmoqda.

Epidemiyaning oldini olish uchun ko‘plab mamlakatlar vaksina va dorilarni ishlab chiqishga harakat qilar ekan, dunyodagi eng yaxshi universitetlardan biri bo‘lgan Oksford universitetining professori Jon Bell koronavirus vaksinasi bo‘yicha uzoq yo‘l bosib o‘tganliklarini e’lon qildi. Professor Bell Angliyaning eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri bo‘lgan “AstraZeneca“ bilan vaksina tayyor bo‘lsa tarqatish to‘g‘risida kelishuvga ega ekanliklarini va ular iyun o‘rtalarida vaksinani ommaga taqdim etish mumkin deb aytdi.

Professor Jon Bellning ta’kidlashicha, ularning maqsadi — iyun oyining o‘rtalariga qadar COVID-19 ga qarshi to‘liq sinovdan o‘tgan vaksinani taqdim etish.

“Ushbu tadqiqot hali ham davom etmoqda, aniq bir narsa aytish mushkul. Hozirgi vaqtda ushbu vaksina inson tanasida ijobiy natija bermoqda. O‘ylaymanki, iyun oyi o‘rtalarida yaxshi natijalarga erishamiz“, deydi Bell.

Professorning aytishicha, tez orada odamlar kasallikni yuqtirib olish xavfidan xalos bo‘lishadi. Shuningdek, u hamkor kompaniya haqida ham ma’lumot berib o‘tdi.

“Biz Buyuk Britaniyadagi muhim kompaniyalardan biri “AstraZeneca“ bilan aloqadamiz. Vaksina tayyor bo‘lganda, odamlar kasallik yuqtirib olish haqida o‘ylashmaydi“ deydi Bell.

Ma’lumot uchun, ishlab chiquvchilar shu yil oxirigacha chiqarilishi mumkin bo‘lgan vaksinalarni tayyorlashga shoshilishmoqda. Avvalroq, Oksford universiteti olimlari vaksinani kuzgacha ishlab chiqarish mumkinligini aytishgan edi. Xitoy olimlari ham vaksinani maxsus odamlar uchun sentyabrda qo'llash mumkinligini aytdi. Shuningdek, AQSH yetakchi mutaxassisi mamlakatda vaksina yil oxirigacha millionlab dozada ishlab chiqarilishini e'lon qildi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, dunyo bo‘ylab koronavirus bilan bog‘liq 3 401 190 ta holat aniqlangan. Kasallanganlarning 1 081 639 nafari sog‘aygan, 239 604 nafari esa vafot etgan. Mavjud bemorlar soni 2 079 947 kishini tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: vaksinani, olimlari, Oksford, ma’lum qilishdi, Yaxshi yangilik | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя