Главная » 2017 » Июль » 27 » Sardor Rahimxonni kim jazoladi?
16:34

Sardor Rahimxonni kim jazoladi?


Sardor Raximxon instagramdagi o‘z profiliga mana shu yozuvlarni yozdi va bu xabarni boshqa xamkasblari xam o‘z saxifalariga qo‘yib xonandani qo‘llab-quvvatlashdi.

Xozirgi paytga kelib esa Sardor Raximxonni saxifasidagi barcha suratlar o‘chirilgan.

Xonandaning xabar berishicha u notanish xakerlar Sardor Raximxonning profilidagi shaxsiy xabarlar (direkt)iga kirib xonandaning nomidan boshqalarga xat yo‘llab manba berib unga o‘tishni tavsiya qilmoqda va uni bosgan saxifa egalarini xam saxifasi blokka tushmoqda.

Ayni damda Sardor Raximxonning saxifasi mana shu axvolda:
$IMAGE2$

Adashmasam, o‘chirib tashlashga urinilgan va lekin instagramning qoidasiga ko‘ra shunday bo‘lib turadi.
 

Sardor Raximxonni o‘zi buni dushmanlik deb bilmoqda chunki bir necha mashxurlarni xususan Munisa Rizayeva va Asal Shodiyevlarni saxifalari shu tariqa xakerlar xujumiga uchragach egalariga qaytarib berilgan, uning xolida esa saxifasidagi barcha surat va videolar tag-tugi bilan o‘chirib tashlangan xamda xonanda bilan aloqaga chiqmay, uning boshqa saxifadan yozganlariga javob qaytarmay bira to‘la saxifani o‘chirib qo‘ygan.

Xo‘sh xonandani kim va nima uchun jazoladi?

Avvaliga Sardor Raximxonni o‘z shogirdi Mashxurbek Yo‘ldoshev sovg‘a qilgan qo‘shig‘i "Onam" qo‘shig‘i bilan bu vaziyatni bog‘lagandek bo‘ldim. Sababi qo‘shiqqa klip suratga olib taqdim etilgach ijtimoiy tarmoqlarda yollanma profillar (yangi ochilganidan bilinadi) Sardor Raximxonni o‘g‘rilikda ayblab izoxlar yoza boshladi va Mashxurbekni o‘zi bu qo‘shiqni ustozi Sardor Raximxonga sovg‘a qilgani xaqidagi videomurojaati xam samara bermadi.

Yollanma deganim BALKI Mashxurbekni o‘ziga Sardor Raximxonni kuylagan turiga ishlangan klipni omadli chiqqani xamda xalq tarafidan iliq kutib olgani yoqmagandir degan fikr keldi. Bunga asos xam bor, zero klip yutub kanallariga qo‘yilgach Mashxurbek Yo‘ldoshev tarafidan barchasiga mualliflik xuquqi xaqidagi da’vo yo‘llanib tushayotgan barcha pullarni muallif sifatida unga o‘tkazish talab qilingan! Avtomatik tarzda emas aynan o‘z qo‘li bilan yuborilgan da’vo.

Sovg‘a qilingach undan yana qanday xaq qolishi mumkin? Birovga shim sovg‘a qilsangiz uning cho‘ntagiga tushadigan pullarini talab qilmaysizku!

Shu sabab xam balki u yollagan va balki uning fanatlaridir degan fikrga keldim.

Sardor Raximxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist bo‘lganidan keyin reytingdagi artist sifatida uning muxlislari va taniganlar ko‘p. Demakki uning ijod namunalari kengroq ko‘lamda tarqaladi. Mashxurbekni esa ochig‘i men xam shu qo‘shiq mojarosigacha tanimasdim va bilishimcha u Andijon doirasidagina taniqli ekan.

O‘z ustoziga sovg‘a qilib yana videomurojaat qilar ekan nima kerak edi bunaqa talab qilish murojaatlari va balki...

Xullas bilmadim, birovni noxaq ayblashdan yiroqmanu ammo voqealar zanjiriga e’tibor bergan xolda va o‘z fikriga ega inson sifatida fikrimmi yozdim.
 

Yaqindagina bastakor va professor Dilorom Omonullayeva aktrisa Shaxzoda Muxammedova bilan bo‘lgan mojaro yuzasidan saytimizga bergan intervyusida Sardor Raximxonga xam to‘xtalib o‘tganidan xabaringiz bor.

Unga bog‘liq joyidan parcha keltiramiz.

Dilorom Omonullayeva:-....."Sardor Raximxon O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bo‘lgan payti Madaniyat vaziri tavsiyasiga binoan olingan. U olingan payti men yo‘q edim, mensiz qabul qilingan. ... Lekin Sardor Raximxon negadir o‘qishga kelmadi va xattoki to‘lovlarni amalga oshirmagani uchun yarim yilda dargoxni tark etdi"...

Bu borada xonandaning o‘zini fikri bilan qiziqdik.

Sardor Rahimxon:- Noto‘g‘ri! To‘lovlarni amalga oshirmaganim uchun emas . Bir oydan keyin o‘qishdan ketganman. Chunki o‘qishga qatnab, bilim olib o‘qishni niyat qilardim. O‘qishga kirgan paytim ijodimdagi mashxurlik kelgan payti bo‘lib o‘qishga borishga vaqtim va imkoniyatim ham bo‘lmadi. Kimlargadir iltimos qilishga, yalinishga majbur bo‘lardim, kerak bo‘lsa balki pul berib, balki pul bermay, endi bu narsa sir emasku. Bilmadim... Aytmoqchimanki, unaqa o‘qishni o‘zimga lozim deb bilmadim. Vijdonim qabul qilmadi. O‘qisam bo‘lardi 4 yil amallab o‘qib, diplomni olib ketardim. Keyinchi? Nima bo‘lardi? Bilim olmasdimku baribir, shunchaki qo‘limda diplom bo‘lishini nima keragi bor? O‘zimni o‘zim aldagim kelmadi, shuning uchun ketganman.

Xonanda Sardor Rahimxonga doir yangiliklar xozircha shulardan iborat.


Manba: "sayyod.com"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Instagram, Sardor Rahimxon | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя