18:27 “Coca Cola”ga jiddiy zarar yetkazgan Ronaldu Instagram’da yangi “cho‘qqi”ni zabt etdi | |
Italiyaning “Yuventus” klubi hujumchisi Krishtianu Ronalduning Instagram sahifasidagi obunachilari soni 300 milliondan oshdi va u bu natijani qayd etgan birinchi odam bo‘ldi Ta’kidlash joiz, Krishtianuning Instagram akkaunti so‘nggi haftada katta sur’atda o‘sishga erishdi. Bunga bunga asosiy sabab sifatida esa futbolchining matbuot anjumanida “Coca Cola” brendini “antireklama” qilgani ko‘rsatilmoqda. O‘shanda u gazli ichimliklar sog‘liq uchun zarar ekanini ta’kidlab, ularni umuman iste’mol qilmaslikka chaqirgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, ayni shu voqeadan so‘ng, kompaniya aksiyalarida keskin pasayish kuzatilib, “Coca Cola” jami 1,4 milliard yevro miqdorida zarar ko‘rgan. Hozirda Yevro-2020 matbuot anjumanlarida futbolchilar Ronaldu boshlab bergan bu “chellenj”ni davom ettirishmoqda.
Manba: "xabar.uz"
| |
|