Главная » 2016 » Ноябрь » 18 » Rajab Toyib Erdo‘g‘an Islom Karimov qabrini ziyorat qildi
13:38

Rajab Toyib Erdo‘g‘an Islom Karimov qabrini ziyorat qildi


Ayni vaqtda mamlakatimizga rasmiy tashrif bilan kelgan Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an Samaqandda mamlakatimizning Birinchi Prezidenti qabrini ziyorat qildi. Unga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev hamrohlik qildi. Bu haqda Turkiya Respublikasi prezidenti Matbuot xizmati xabar qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov mangu qo‘nim topgan qabristonga tashrif buyurgan Rajab Toyib Erdo‘g‘an Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirib, qabriga gul qo‘ydi.  Turkiya rahbari O‘zbekiston Musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov va Samaqand muftiysi Nuriddinxon Islomov bilan birgalikda Qur’on tilovat qildi.

Bugun Turkiya rahbari Rajab Toyib Erdo‘g‘an va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi Shavkat Mirziyoev o‘rtasida uchrashuv o‘tkazilishi, unda bir qator mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar muhokama etilishi kutilmoqda.

Avvalroq, Turkiya rahbari O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanligini bildirgandi.  


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: Islom Karimov, Rajab Toyib Erdo‘g‘an, qabrini ziyorat qildi | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя