Главная » 2023 » Март » 20 » Qozog‘iston Prezidenti hamma kutgan qonunni imzoladi
15:49

Qozog‘iston Prezidenti hamma kutgan qonunni imzoladi


Prezident Qosim-Jomart To‘qayev qiynoqlar va boshqa shafqatsiz, g‘ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomalalarning oldini olishga hamda mahkumlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonunni imzolagan. Bu haqda Oqorda matbuot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, “Qozog‘iston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga jinoyat protsessi, jazoni ijro etish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish sohasidagi inson huquqlariga oid o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun Qozog‘iston uchun juda muhim sanaladi.

Ta’kidlanishicha, imzolangan qonun mamlakatda amalga oshirilayotgan siyosiy-huquqiy islohotlar doirasida Qozog‘istonning qiynoqlar va shafqatsiz munosabatning boshqa shakllariga barham berish, ushbu masalalarga oid xalqaro normalarni milliy qonunchilikka joriy etish bo‘yicha izchil qadamlarining davomi bo‘ladi. Endilikda mahkumlarning huquqlarini kengaytirish va salbiy qamoqxona submadaniyatining shakllanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shuningdek, Qozog‘iston ommaviy tartibsizliklarni qo‘zg‘atganlik uchun jazoni kuchaytiradi

Hujjat, xususan, quyidagi qoidalarni joriy etishni nazarda tutadi:

shafqatsiz yoki qadr-qimmatni kamsituvchi muomala uchun javobgarlik joriy qilinadi;
qiynoqlarni jinoiylashtirish kuchaytiriladi;
noqonuniy xatti-harakatlarning oldini olish maqsadida tergov harakatlarini audio va videoga qayd etishdan foydalanish imkoniyatlari kengaytiriladi.
Bundan tashqari, qonun mahkumlarning huquqlarini kengaytiradi:

og‘ir kasal bo‘lgan taqdirda, ularga muddatini kechiktirish huquqi beriladi, ya’ni mahkumlarga tibbiy muassasalarda jarrohlik muolajalari olish imkoniyati paydo bo‘ladi;
mahkumlarni og‘ir kasalligi tufayli ozod qilish to‘g‘risidagi sud qarori darhol ijro etiladi (ilgari mahkumlarni ozod qilish sudning ozod qilish to‘g‘risidagi qarori qonuniy kuchga kirganidan keyin amalga oshirilardi);
mahkum ayollar va ularning farzandlari o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalarni saqlash maqsadida ularning farzandlarini koloniyalarda qoldirishlari mumkin bo‘lgan muddat 3 yildan 4 yilgacha oshiriladi;
muqaddam sudlangan shaxslarning birinchi marta sudlanganlarga salbiy ta’sirining oldini olish maqsadida jazoni ijro etish tizimi muassasalari o‘rtasida mahkumlarni taqsimlashga yondashuvlar o‘zgartiriladi.
Shuningdek, endilikda birinchi marta ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm qilinganlar avval jazoni o‘tagan shaxslardan alohida saqlanadi, bu esa qonunga itoatkorlik xulq-atvorini shakllantirish imkonini beradi.

“Amalga oshirilayotgan o‘zgartirishlar inson huquqlari kafolatlarini mustahkamlash va mahkumlarni saqlash sharoitlarini yaxshilash, ularning xavfsizligini oshirish, axloq tuzatish va ijtimoiy reabilitatsiya qilish imkoniyatini ta’minlashga qaratilgan”, deyiladi xabarda.

Manba: "qalampir.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: kutgan, Qozog‘iston, hamma, qonunni, imzoladi, prezident | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя