Главная » 2020 » Май » 15 » Qoraqalpog‘istonda navbatdagi koronavirusdan davolanayotganlar sog‘ayib chiqdi
19:53

Qoraqalpog‘istonda navbatdagi koronavirusdan davolanayotganlar sog‘ayib chiqdi


Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar bemor koronavirusdan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 15 may kuni sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

“Qoraqalpog‘iston Respublikasida 2 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog‘ayib chiqdi va reabilitatsiyaga kuzatildi“, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, sog‘ayganlarning biri (35 yoshli erkak) Buxoro viloyatidan bo‘lib, Qozog‘istondan kelgan, ikkinchisi esa (36 yoshli erkak) Samarqand viloyatidan bo‘lib, Rossiyadan Qozog‘iston orqali kelgan. Ikkisi ham karantinga olingan va koronavirus infeksiyasi aniqlanishi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘istonda shu paytga qadar 110 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ularning soni 112 nafarga yetdi hamda ushbu hududda hozirda 8 nafar bemor davolanmoqda. Hozirda mamlakatimiz bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan sog‘ayganlar soni 2158 nafarni tashkil qilmoqda.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: davolanayotganlar, sog‘ayib chiqdi, navbatdagi, koronavirusdan, Qoraqalpog‘istonda | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя