Главная » 2021 » Январь » 16 » Arab davlati koronavirusdan ko‘ra dahshatliroq xavf ostida qolmoqda
08:01

Arab davlati koronavirusdan ko‘ra dahshatliroq xavf ostida qolmoqda


Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish idorasi vakili Vanessa Yugenenning ma’lum qilishicha, Yamandagi gumanitar inqiroz dunyodagi eng dahshatli bo‘lib qolmoqda.

Mamlakatdagi ochlik 13,5 million odam hayotiga o‘lim xavfini solmoqda.

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda gumanitar inqiroz pandemiya sharoitida o‘tgan yili yanada og‘irlashgan.

«Oziq-ovqat yetishmovchiligi hech qachon bu darajada bo‘lmagan. Yamanliklar ochlikdan o‘lishmoqda», — deydi tashkilot vakili.

Yugenenning so‘zlariga ko‘ra, Yaman aholisining qariyb 80 foizi — 30 million kishidan 24,3 millioni gumanitar yordam va himoyaga muhtoj. Oziq-ovqat xavfsizligi tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, 16,5 ming kishi «ochlik sharoitida yashamoqda».

Bu raqam 2021-yilda uch baravar ko‘payish xafi bor. BMT vakili aytganidek, mamlakatda davom etayotgan qurolli to‘qnashuvlar tufayli odamlar oilalarini boqish uchun oziq-ovqat topolmayapti.

Xalqaro tashkilot vakili «2021-yil iyunga kelib, bu raqam 3 millionga ko‘payishi mumkin. Shunday qilib, mamlakatning yarmidan ko‘pi qattiq ochlik sharoitida yashashi mumkin», deb ogohlantirgan.

Gumanitar masalalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi hisob-kitoblariga ko‘ra, 2020-yilda Yamanga ko‘mak berish uchun 3 milliard 200 million dollar mablag‘ zarur edi, ammo 1 milliard 650 million dollar yig‘ilgan, xolos.

BMT moddiy qiyinchiliklar tufayli Yamandagi 300 dan ziyod tibbiyot markazlarida olib borgan tibbiyot va oziq-ovqat yordamini kamaytirishga, 45 ta ko‘mak dasturidan 15 tasini to‘xtatishga majbur bo‘lgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: davlati, ostida, Arab, koronavirusdan, xavf, qolmoqda, dahshatliroq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя