Главная » 2021 » Июнь » 14 » Qiziqchi Ortiq Sultonov lavozimga tayinlandi
18:45

Qiziqchi Ortiq Sultonov lavozimga tayinlandi


San’atkor Ortiq Sultonov Samarqand shahar madaniyat bo‘limi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi etib tayinlandi. Bu haqda shahar hokimligi vakili Abdujabbor Po‘latov xabar berdi.
 
Urgutlik kulgi va so‘z ustasi 1992 yilda Toshkent davlat san’at institutining teatr va kino yo‘nalishini tamomlagan.
 
O.Sultonov san’atshunoslik fanlari nomzodi. U dastlabki mehnat faoliyatini Samarqand musiqali drama teatri aktyori sifatida boshlagan. Samarqand viloyat teleradiokompaniyasi, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «Yoshlar» telekanali, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi «O‘zbekiston» telekanali rejissyori bo‘lib ishlagan.

Manba: "xabar.uz"
Категория: Shou-biznes habarlari | | Теги: Ortiq Sultonov, qiziqchi, tayinlandi, lavozimga | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя