Главная » 2020 » Сентябрь » 24 » Otabekov: "O‘zbekistonda yana karantin kuchaytirilishi mumkin, agar..."
20:32

Otabekov: "O‘zbekistonda yana karantin kuchaytirilishi mumkin, agar..."


O‘zbekiston hukumati agar COVID-19 qayd etish holatlari yuqori tezlikda oshib boraversa qat’iy karantin choralariga qaytishga qaror qabul qilishi mumkin. Bu haqida Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nurmat Otabekov ma’lum qildi.

"So‘nggi kunlarda har kuni 600dan oshik yangi holatlar qayd etilmoqda. Chunki aholi karantin qoidalariga to‘la rioya etmayapti. Virusning keng tarqalib ketish ehtimoli yuqori, buning natijasida esa vaziyat og‘irlashishi mumkin. Hukumat esa vaziyatdan kelib chiqib bir qator cheklovchi choralarni, jumladan qat’iy karantin joriy qilishga majbur bo‘ladi.

Fikrimcha, bu  ikki oy avvalgidek keng ko‘lamli karantin bo‘lmaydi. Biroq epidemiologik vaziyatni barqarorlashtirishga yo‘naltirilgan turli variantlar bo‘lishi mumkin.

Respublika aholisi muayyan va oddiy majburiyatlar - niqobni to‘g‘ri taqish, ijtimoiy masofani saqlash, antiseptiklardan foydalanish va qo‘llarni tez-tez yuvish mas’uliyatini unutmasligi kerak", dedi u.


Manba: "aniq.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: kuchaytirilishi, mumkin, Otabekov, O‘zbekistonda, karantin, Agar | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя