Главная » 2022 » Октябрь » 22 » O‘zbekistonliklar qisman quyosh tutilishiga guvoh bo‘lishadi
15:48

O‘zbekistonliklar qisman quyosh tutilishiga guvoh bo‘lishadi


Oʻzbekistonda 25-oktyabr kuni qisman Quyosh tutilishi sodir bo‘ladi. Bu haqida Fanlar akademiyasi xabar berdi.

Qiziqarli astronomik hodisalardan biri boʻlgan qisman Quyosh tutilishining toʻliq fazasida Quyosh yuzasining deyarli 70 foizi toʻsiladi.

Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 4 soatdan ortiqroq boʻlib, Oʻzbekistonda 2 soat 27 daqiqa davom etadi.

“Oʻzbekistonning hamma hududida qisman Quyosh tutilishi deyarli bir xil katta fazada kuzatiladi. Maksimum fazada Quyosh yuzasining 68% gacha boʻlgan qismi Oy tomonidan toʻsiladi. Quyoshning botib ketishi tufayli baʼzi hududlarda tutilishning umumiy davomiyligi amalda kamroq boʻladi”, deyiladi xabarda.

Quyosh tutilishi Toshkent vaqti bilan 15:23 da boshlanib, maksimal fazasi 16:34 ga toʻgʻri keladi. Shu paytda Oy Quyosh yuzasining 68% ni toʻsadi va bu vaqtda Quyoshning gorizontdan balandligi 21° ni tashkil qiladi.

Toshkentda Quyosh tutilishining umumiy davomiyligi 2 soat 4 daqiqani tashkil etadi. Soat 17:38 da Quyosh tutilishi yakunlanadi, biroq Quyoshning botish vaqti 17:27 ga toʻgʻri keladi.

Maʼlumot uchun, qisman Quyosh tutilishi deb Quyosh yuzasining maʼlum bir qismi Oy tomonidan toʻsilish holatiga aytiladi. Quyosh tutilishining qisman boʻlishi Oy va Quyosh markazlarining ustma-ust tushmasdan toʻsilishi bilan izohlanadi.

Ushbu astronomik hodisani Islandiya va Grenlandiya oroli, Afrikaning shimoli-sharqiy qismi, Yevropa, Yaqin Sharq, Gʻarbiy Sibir va Oʻrta Osiyo mamlakatlari aholisi kuzatishi mumkin.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: tutilishiga, QUYOSH, bo‘lishadi, O‘zbekistonliklar, qisman, guvoh | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя