Главная » 2020 » Август » 11 » Mutaxassislar koronavirusni yuqtirib olmaslikning eng oson yo‘lini aniqlashdi
21:00

Mutaxassislar koronavirusni yuqtirib olmaslikning eng oson yo‘lini aniqlashdi


Ekspertlar xonada koronavirusni yuqtirib olmaslikning eng oddiy va samarali usuli xonani shamollatish degan xulosaga kelishdi. Amerikalik professor Shelli Miller buni qanday amalga oshirish va birinchi navbatda nimalarga e’tibor berish kerakligi haqida «Conversation» nashriga so'zlab berdi.

Ekspert inson uyda bo‘lgan vaziyatni modellashtirgan.

«Odamlar yashaydigan uylarga havo nafaqat eshik-derazalar, balki turli tirqishlar orqali ham kiradi», — deydi u.

Millerning ta’kidlashicha, xona havosini almashtirish uchun eng maqbul vaqt uning hajmi va ichkaridagi odamlar soniga bog‘liq. Shunga qaramay, u soatiga kamida olti marta xona havosini almashtirishni maslahat beradi.

Idora xodimlariga professor havo tozalagichlariga e’tibor berishni tavsiya etdi. Ular ham kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beradi. Uskunaning samarasi esa, uning aytishicha, filtr, xona tipi, shuningdek, undagi xodimlar soniga bog‘liq.

Bundan tashqari, ekspert AQShdagi ko‘pgina xonalar ventilyasiya me’yorlariga to‘g‘ri kelmasligiga ahamiyat qaratib, karbonat angidrid gazi darajasini tekshirishni maslahat berdi. Koronavirusni yuqtirib olmaslik uchun, uning so‘zlariga ko‘ra, karbonat angidrid konsentratsiya 600 ppm.dan past bo‘lishi zarur.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda COVID-19 bilan kasallanganlarlar soni 20 million atrofida bo‘lib, 728 ming bemor vafot etgan.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Dunyo xabarlari | | Теги: yo‘lini aniqlashdi, eng oson, Koronavirusni, mutaxassislar, olmaslikning, yuqtirib | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя