Главная » 2018 » Апрель » 19 » «Google» va «Facebook» kompaniyalari Toshkentda ofisini ochishi mumkin
21:14

«Google» va «Facebook» kompaniyalari Toshkentda ofisini ochishi mumkin


Turkiyaning Istanbul shahri mezbonlik qilgan Global tadbirkorlik kongressi doirasida O‘zbekiston innovasion rivojlanish vazirligining Tadqiqotlar va davlat va jamiyatga innovatsiyalarni joriy etish boshqarmasi boshlig‘i Bekzod Hamzaev «Google» va «Facebook» kompaniyalarining boshqaruv apparati vakillari Erkan Kaptan va Dovon Ernirlar bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston vakillari «Google»ning Markaziy Osiyo uchun markaziy ofisini Toshkentda ochish taklifini bildirdi. Bu taklif kompaniya vakillari tomonidan iliq qabul qilindi va joriy yil oxiriga qadar bu ishni amalga oshirishga kelishib olindi.

Uchrashuvdagi eng muhim jihatlardan biri «Google» va «Facebook» vakillari O‘zbekistonda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan «Q Box» va «EduBook» loyihalari uchun kodlashtirish va dasturiy ta’minot kontentini O‘zbekistonga taqdim etishlarini bildirishdi. Bepul taqdim etilayotgan ushbu kontent 2 yil davomida 3,5 million dollar sarflab tayyorlangan bo‘lib, ayni vaqtda Turkiyadagi AKT darslari ayni uning yordamida olib boriladi.

Jahon ta’limi statistikasi manbalariga ko‘ra, o‘quvchining dasturlar ishlab chiqishga qiziqishi 5-6-sinflarda boshlanadi. Mazkur kontent ham ayni yoshdagi bolalarga mo‘ljallangan. Endilikda o‘zbekistonlik o‘quvchilar ham undan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Texnologiya | | Теги: Google, Facebook | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя