09:31 Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi | |
Joriy yilning 8-9 dekabr kunlari Yevropa Chempionlar ligasi musobaqasining guruh bosqichi doirasidagi so‘nggi 6-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Parijda o‘tgan “PSJ” va “Istanbul Bashakshexer” jamoalari o‘rtasida kechgan bahsda yirik hisob qayd etildi. Ushbu uchrashuvda Neymar 3 ta gol kiritgan bo‘lsa, Mbappe dublga erishdi. Parijliklar bu bahsda yirik – 5:1 hisobida g‘alaba qozondi. Gollandiyada o‘tgan “Ayaks” - “Atalanta” uchrashuvida mehmonlar kichik – 0:1 hisobida zafar quchishdi. “Liverpul” Daniyada “Midtyulland” mehmoni bo‘ldi va kutilmaganda durang qayd etdi – 1:1. Angliyaning yana bir jamoasi “Manchester Siti” o‘z o‘yida Fransiyaning “Marsel” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi va yirik hisobda g‘alaba qozondi – 3:0. Navbatdagi uchrashuvda Gretsiyaning “Olimpiakos” jamoasi Portugaliyaning “Portu” klubi mehmoni bo‘ldi. Murosasiz kechgan bahsda mehmonlarning qo‘li ustun keldi. Ular 0:2 hisobida zafar quchishdi.
Shunday qilib Chempionlar Ligasining 1/8 finaliga yo‘l olgan barcha jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Keyingi bosqichga quyidagi jamoalari yo‘l oldi: “Bavariya”
Manba: "qalampir.uz"
| |
|