Главная » 2022 » Август » 25 » FIFA’ning terma jamoalar bo‘yicha reytingi yangilandi. O‘zbekiston nechinchi o'rinda?
17:53

FIFA’ning terma jamoalar bo‘yicha reytingi yangilandi. O‘zbekiston nechinchi o'rinda?


Kecha, 25-avgust kuni FIFA futbol bo‘yicha erkaklar terma jamoalarining yangilangan reytingini e'lon qildi.

Unga ko‘ra, kuchli uchlikdan Braziliya, Belgiya hamda Argentina terma jamoalari o‘rin oldi. Ozbekiston terma jamoasi esa yangilangan reytingga ko‘ra, o‘z joyidan o‘zgarmadi. Hozirda, terma jamoa reytingning 77-o‘rinini egallab turibdi. Osiyo terma jamoalari orasida “oq bo‘rilar” Eron (22), Yaponiya (24), Janubiy Koreya (28), Avstraliya (39), Qatar (48), Saudiya Arabistoni (53), BAA (69), Iroq (70) va Ummondan (75) so‘ng 10-pog‘onaga joylashgan.

FIFA reytingi kuchli o'ntaligi:
1. Braziliya
2. Belgiya
3. Argentina
4. Fransiya
5. Angliya
6. Ispaniya
7. Italiya
8. Niderlandiya
9. Portugaliya
10. Daniya.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Sport olami | | Теги: jamoalar, nechinchi, reytingi, O‘zbekiston, FIFA’ning, bo‘yicha, yangilandi, terma, o'rinda? | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя