Главная » 2022 » Ноябрь » 22 » AQShning “Orion” kemasi Oyga maksimal darajada yaqinlashdi
19:53

AQShning “Orion” kemasi Oyga maksimal darajada yaqinlashdi


NASAning “Orion” kosmik kapsulasi Oy orbitasigacha yetib bordi va undan 130 kilometr uzoqlikdan uchib o‘tdi. Kema “Artemida” missiyasi doirasida parvozni amalga oshirmoqda.

Kapsula Oyning teskari tomonida manyovrni amalga oshirgan. Kema bilan aloqa 34 daqiqaga uzilib qolgan. Qurilma aloqa qayta tiklanganidan keyin NASA mutaxassislariga Oy va Yerning bir nechta suratlarini yuborgan.

Bu kosmik kemaning birinchi, astronavtlarsiz pvrvozi bo‘lib, uning ichida datchiklar bilan jihozlangan manekenlar mavjud. NASA olimlari kelgusida Oyga astronavtlarni ham uchirishni reja qilganlar.

Kema 5-dekabr kuni Oy atrofini yana bir bor yaqin masofadan aylanib chiqadi, shundan keyin Yerga qaytadi. Kosmik apparat 11-dekabr kuni Tinch okeaniga, Kaliforniya qirg‘oqlari yaqiniga kelib tushadi.


Manba: "xabardor.uz"
Категория: Qiziqarli | | Теги: orion, kemasi, Oyga, yaqinlashdi, maksimal, darajada, AQSHning | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя