18:17 Anapa: plyajda o‘ynab yurgan aka-ukalar kenja singlisini tiriklay ko‘mib qo‘yishdi | |
Krasnodar o‘lkasida plyajda akalari bilan o‘ynayotgan sakkiz yoshli bolakay nafas yetishmasligi tufayli vafot etdi. Baxtsiz hodisa Anapa yaqinidagi Vityazevo qishlog‘ida yuz berdi. Sayyohlar oilasi uchta o‘g‘lini plyajda o‘ynash uchun qoldirgan. Natijada akalari kenja inisini boshi bilan birga qumga ko‘mib qo‘yishgan. Bu haqda 30-iyun kuni «Anapskoye Chernomore» nashri huquqni himoya qilish organlari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. «Kuban» davlat teleradiokompaniyasining xabariga ko‘ra, qutqaruvchilar bolani qumdan chiqarib olishgan. Lekin har qancha urinishmasin, bolaning hayotini saqlab qolisholmagan.
Manba: "xabar.uz"
| |
|