Главная » 2019 » Май » 23 » Uy sharoitida kamqonlikni davolash mumkin
20:13

Uy sharoitida kamqonlikni davolash mumkin


Kamqonlik – qonda eritrotsitlar soni va gemoglobin miqdorining kamayishi. Bu kasallikka aksariyat hollarda ayollar va bolalar chalinadi. Chunki ularda temir moddasiga bo‘lgan ehtiyoj erkaklarnikiga qaraganda 3,5 barobar yuqori.

Kamqonlikning asosiy belgilari — bosh og‘rishi va aylanishi, ishtahasizlik, tez charchash, ko‘ngil aynishi, titroq, qo‘l-oyoqlarning muzlashi, tana haroratining pastligi, terining och rangga kirishi, tez yurak urishi, nafas olishning og‘irlashuvi, ko‘krak qafasida og‘riqlar paydo bo‘lishi kabilar ushbu hastalikning alomatlari hisoblanadi.

Dunyo aholisining 40 foizi kamqonlik bilan xastalanib, kasallikka chalinganlardan 75 foizi temir tanqisligi, zaruriy elementlarga boy mahsulotlarni iste’mol qilmaslik oqibatida yuzaga kelmoqda.

Quyida uy sharoitida kamqonlikni davolash uchun nimalar iste’mol qilish kerakligini e’tiboringizga havola etamiz.

Temir moddasiga boy ovqatlarni iste’mol qilish lozim (kunlik 15 mg):
dukkaklilar (loviya, no‘xat, mosh) va jo‘xori;
go‘sht va baliq mahsulotlari;
sabzavot (ayniqsa, qizil sabzi), mevalar va ko‘katlar;
quruq mevalar: turshak, o‘rik, tut va olxo‘ri qoqilari, yong‘oq, mayiz.
Ayniqsa, homilador ayollar odatdagidan ikki barobar ko‘p temir moddasini iste’mol qilishlari lozim. Olxo‘rini ko‘p iste’mol qilish qon tarkibida qizil qon tanachalarining ko‘payishiga yordam beradi. Ovqatlanish mobaynida yoki ovqat bilan birga choy yoki qahva iste’mol qilmang, 25-30 daqiqadan so‘ng ichgan ma’qul. Chunki ovqatdagi organizm uchun zarur moddalarni so‘rilmasidanoq parchalab yuboradi. C vitaminiga boy mahsulotlar (apelsinsharbati, na’matakli choy) temir moddasining organizmga singishiga yordam beradi.

Ibn Sino ismaloqni kamqonlikni davolashda ishlatgan: 1 osh qoshiq ismaloq o‘ti yoki bargi kukuni 200 gramm suvda 10 daqiqa qaynatilib, tindirib qo‘yiladi. Dokadan suzib, kuniga uch mahal ichiladi.

Xalq tabobatida: behining bargi va po‘stlog‘idan qilingan damlama, shuningdek, limono‘t bargidan tayyorlangan damlama ham kamqonlikda foydalanadi.


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Salomatlik | | Теги: Kamqonlik | Рейтинг: 0.0/0

MAVZUGA OID MA'LUMOTLAR

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя