Главная » 2017 » Февраль » 27 » Turkmanistonda o‘zbek avtolari taqdimoti o‘tkazildi
12:20

Turkmanistonda o‘zbek avtolari taqdimoti o‘tkazildi


Turkmanistonning Ashxobod shahrida “Turkman-UzAVTO” jamiyati tomonidan O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan Ravon brendi ostidagi avtomobillar taqdimoti o‘tkazildi. Bu haqda “Turkmenistan segodnya” axborot agentligi xabar tarqatdi.

Taqdimot marosimida Ravon Gentra, Ravon Nexia R3 va Ravon R4 rusumidagi avtomobillar namoyish etildi. Bu mashinalar jahon standartlariga hamda ekologik talablarga mos ravishda ishlab chiqarilgan. Ularga kondisioner, rul kuchaytirgich o‘rnatilgan.

Taqdimotda shuningdek, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi, qurilish mollari, kommunal xizmatlarga ixtisoslashgan avtotexnik uskunalar ham namoyish etildi.

Durdona Rasulova


Manba: "qalampir.uz"
Категория: Avto Olam | | Теги: taqdimoti o‘tkazildi, Turkmaniston, o‘zbek avto | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя