Главная » 2021 » Май » 3 » Toshkentning qoq markazida «qizil bayroq» ko‘tarildi
09:29

Toshkentning qoq markazida «qizil bayroq» ko‘tarildi


Kuni kecha Toshkent shahri markazida tashkil etilgan konsert dasturida yig‘ilganlar tomonidan SSSR bayrog‘i ko‘tarilgani ijtimoiy tarmoqlarda keskin e’tirozlarni keltirib chiqardi.

Karantin qoidalarini chetlab o‘tgan bu ommaviy tadbirda ko‘tarilgan «qizil bayroq» fotosining «Rossotrudnichestvo» tashkiloti tomonidan o‘zining rasmiy sahifasida e’lon qilinishi xavotirlarni yanada kuchaytirdi.

Holatga O‘zbekiston «Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov «g‘arazli provakatsiya» deb baho berdi.

«Biz san’atga qarshi emasmiz, san’atni siyosatga qurol qilinishiga qarshimiz.

Taraqqiyparvar o‘zbek ziyolilari va oqko‘ngil ajdodlarimizning qoniga bo‘yalgan bosqinchi sovet davlati bayrog‘ini mamlakatimiz poytaxtining qoq markazida baland ko‘tarilishini o‘zbek xalqiga nisbatan haqorat deb hisoblaymiz.

Bosh Prokuraturadan bu provokatsiyaga tegishli baho berilishini kutib qolamiz», deydi deputat.


Manba: "xabar.uz"
Категория: Mahalliy Habarlar | | Теги: markazida, qizil bayroq, Toshkentning, qoq | Рейтинг: 0.0/0

Copyright © Tarona.net Media 2014-2024 | Все права защищены | Реклама |
Мы не несём ответственности за содержание. | Права на фильмы принадлежат их авторам. Все фильмы представлены только для ознакомления. |
Администрация не несет ответственности за размещенные пользователями нелегальные материалы! Любой фильм будет удален по требованию правообладателя